Daryo

Farg‘onada YPX inspektorini nohaq ayblab, videoga olgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

U inspektorni yo‘l belgisi o‘rnatilmagan hududda xizmat olib borishda ayblagan va videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan

1 daqiqa o‘qish72 626 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Farg‘onada YPX xodimini nohaq ayblab, uni videoga olib tarqatgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YPX inspektori A.Obidov 2-mart, dushanba kuni, 4R-112 “Farg‘ona xalqasi” avtomobil yo‘lining Oltiariq tumani “G‘ayrat” MFY hududidan o‘tgan 248-kilometrida mobil komplekslar o‘rnatilgan Nexia-3 mashinasida xizmat olib borgan.

Xizmati davomida haydovchi D.M. Nexia’sida uning oldiga kelib to‘xtagan. Mashinadan haydovchi emas, yo‘lovchi F.E. tushib kelib, o‘zining telefoniga videotasvirga olib, inspektorni yo‘l belgisi o‘rnatilmagan hududda xizmat olib borishda ayblagan va videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Holat o‘rganilganda, YPX inspektori “Yuqori tezlik cheklangan” va “Radar” yo‘l belgilari ta’sir doirasida xizmat olib borganligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, YPX inspektorining yo‘lovchi F.E. bilan qilgan muloqoti yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar