So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekiston 14-martdan boshlab Fransiya, Italiya va Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi

    14.03.2020, 00:04 41378

    O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi bayoniga muvofiq, O‘zbekiston 14-martdan Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 14-martdan boshlab, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolarining hamda ushbu mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kirishi vaqtincha cheklanadi.

    Shuningdek, 14-martdan boshlab chegara o‘tkazish punktlari orqali so‘nggi 14 kun davomida mazkur davlatlarga tashrif buyurgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham O‘zbekistonga kirishi vaqtincha cheklanadi.

    Ma’lum qilinishicha, joriy etilayotgan cheklovlar diplomatik va xizmat pasporti egalariga qo‘llanilmaydi. Shuningdek, cheklovlar sanab o‘tilgan olti davlatning fuqarolari hamda shu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, agar ular O‘zbekistonga tashrif buyurganga qadar 14 kun davomida ushbu mamlakatlarga tashrif buyurmagan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.

    Zarurat tug‘ilgan taqdirda, sanab o‘tilgan davlatlardan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin.

    Bundan tashqari, vazirlik va idoralarga koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar rahbarlar va xodimlarga chet el safarlarini imkon qadar cheklash tavsiya qilingan

    Yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan charter reyslar bilan O‘zbekistonga olib kelinadigan fuqarolar Toshkent viloyati hududidagi belgilangan tibbiy muassasalarga 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

    Shuningdek, respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatiladi. Mahalliy darajada rejalashtirilgan ommaviy tadbirlarni qisqartirish choralari ko‘riladi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilingan edi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart, chorshanba kuni, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi hamda mazkur virus haqida gapirdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha alohida ko‘rsatma berdi.

    JSST 11-mart kuni koronavirusning pandemiya darajasiga yetganini ma’lum qildi. Mazkur tashkilot vakili esa koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini bildirdi.

    So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga kornavirus kirib kelgani haqida tarqalgan xabarlar Sog‘liqni salqash vazirligi tomonidan rad etildi. AOKA esa OAV va blogerlarni koronavirus haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmaslikka chaqirdi.

    Mavzuga doir:“Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 13-martning asosiy xabarlari

    Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1-mart kuni Seuldan Toshkentga Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolarining ilk guruhi qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Milliy aviakompaniya 1-martdan boshlab Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi sababli Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi. Bundan tashqari, Jidda va Madinaga bo‘lgan aviaqatnovlar hamda Afg‘oniston va Eron bilan ham aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Kecha, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Kecha, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Kecha, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Kecha, 22:00

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?