Daryo

Uxandagi 14 ta vaqtinchalik gospitalning 11 tasi yopildi

Uxandagi epidemiologik vaziyat so‘nggi vaqtda yaxshilanmoqda

1 daqiqa o‘qish49 725 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Xitoyning Uxan shahridagi ko‘rgazma markazlari va stadionlarda tashkil etilgan 14 ta vaqtinchalik gospitalning 11 tasi bemorlarning uyga javob berilishi munosabati bilan yopildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: EPA

“Uxanda epidemiya boshlanganidan keyin bir qancha stadion va ko‘rgazma markazlari gospitalga aylantirilgan edi. Ko‘p bemorlarning  sog‘ayib uyiga javob berilishi munosabati bilan 14 ta vaqtinchalik gospitalning 11 tasi yopildi”, — deyiladi xabarda.

Qolgan bemorlar esa koronavirusni yuqtirgan bemorlarni qabul qiluvchi maxsus shifoxonalarga o‘tkazildi. Xitoy, xususan, Uxandagi epidemiologik vaziyat so‘nggi vaqtda yaxshilanmoqda.

Xitoyda epidemiya boshlaganidan buyon koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 80 735 kishiga yetgan. Jami 58,6 ming bemor tuzalgani aytilmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshib ketdi.

Avvalroq COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan Xubey provinsiyasida istiqomat qiluvchi yuz yoshli qariya davolanishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar