Daryo

Xitoyda yuz yoshli qariya koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘ldi

Erkak ushbu kasallikdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan eng keksa bemor bo‘lib qolmoqda

1 daqiqa o‘qish43 821 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xinhua

Yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan Xitoyning Xubey provinsiyasida istiqomat qiluvchi yuz yoshli qariya davolanishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Xinhua agentligi.

Foto: Xinhua

Ma’lumotlarga ko‘ra, qariyaga Uxan shahridagi shifoxonada 13 kunlik davolanishdan so‘ng javob berilgan. Ta’kidlanishicha, erkak ushbu kasallikdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan eng keksa bemor bo‘lib qolmoqda.

1920-yilning fevralida tug‘ilgan fuqaro 24-fevral kuni koronavirus sabab shifoxonaga olib kelingan. Bundan tashqari, u Alsgeymer, qon bosimi va yurak yetishmovchiligidan ham aziyat chekib keladi.

Agentlikning yozishicha, bemorning ahvoli murakkab bo‘lgani sabab harbiy shifokorlar o‘zaro maslahatlashgan. Natijada ular bemorni virusga qarshi dorilar, an’anaviy Xitoy tabobati va plazma quyish bilan davolashga kelishib olgan.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi

Xitoyda epidemiya boshlaganidan buyon koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 80 735 kishiga yetgan. Jami 58,6 ming bemor tuzalgani aytilmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshib ketdi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar