Daryo

Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan 11 o‘zbekistonlik Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘radi (video)

Videoda davlatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanadigan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari 23-fevraldan buyon Eronning “Lutfobod” bojxona postidagi terminalda qolib ketayotganini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish104 162 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan 11 o‘zbekistonlikning Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi.

Videoda davlatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanadigan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari 23-fevraldan buyon Eronning “Lutfobod” bojxona postidagi terminalda qolib ketayotganini ma’lum qilgan. Bunga koronavirus epidemiyasi sabab Turkmaniston chegarasining yopilgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: Koronavirus keng tarqalgan Eronda ayni paytda 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi bor. TIV ularga murojaat yo‘lladi

Haydovchilarning alohida qayd etishicha, ular Eronda koronavirus avj olgan hududdan ming kilometr uzoqlikda bo‘lib turibdi, hech biri kasallanmagan, barchasi sog‘lom. Qo‘shimcha qilishlaricha, O‘zbekistonga qaytish masalasida konsullik idoralariga qilgan murojaatlari javobsiz qolmoqda.

Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketayotgan 11 nafar vatandosh ularni O‘zbekistonga qaytarish masalasida Prezident Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan.

Eron va Turkmanistondagi koronavirus haqida:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar