Daryo

Eronda koronavirus sabab juma namozlari bekor qilindi

O‘tgan hafta Tehronda juma namozlari bekor qilingan edi

1 daqiqa o‘qish43 250 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tasnim

Eronning barcha viloyatlardagi ma’muriy markazlarida yangi turdagi koronavirus sabab juma namozlari rasman bekor qilindi. Bu haqda juma imomlari kengashi rahbari Ali Akbariyga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Tasnim

“Koronavirus tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha milliy shtabning qaroriga ko‘ra, mamlakatning barcha viloyatlarning ma’muriy markazlarida ushbu haftada juma namozi o‘qilmaydi”, — deyiladi xabarda.

O‘tgan hafta Tehronda juma namozlari bekor qilingan edi.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 19-fevral kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallangan birinchi holat qayd etilganini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha tasdiqlangan holatlar soni 2336 taga yetgan. Avvalroq Eronning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekar va Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iraj Xarirchining koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda ular davolanmoqda.

Mavzuga doir: Eronda parlamentning besh nafar deputati koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bir deputat koronavirusdan vafot etdi

Bundan tashqari, Muvofiqlik kengashining oliy a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy va Eronning Vatikandagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronavirusdan vafot etgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar