Daryo

Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ketish shartlari haqida ma’lumot berdi

Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish93 436 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Eurasianet

Mehnat vazirligi huzuridagi Migratsiya agentligi matbuot xizmati Janubiy Koreyaga ketish shartlari haqidagi ma’lumot berdi.

Foto: Eurasia
Unga ko‘ra, layoqatli ishchi maqomini olgan fuqarolar (VIP) quyidagi talablar bo‘yicha saralanadi va Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun test imtihonlari talab qilinmaslik shartlari quyidagicha:
  • Koreya Respublikasida 4 yil 10 oy bir korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirgan va shartnomasi tugagandan so‘ng korxonadan qayta shartnoma bilan kelgan fuqarolar;
  • bunda fuqaro birinchi mehnat shartnomasini tugatgandan so‘ng yoshi 39 yoshdan oshgan bo‘lsa ham qayta shartnoma bilan mehnat faoliyatini amalga oshirishi mumkin;
  • xorijga chiqish uchun taqiqi bo‘lmagan hamda xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar;
  • har tomonlama sog‘lom, yuqumli kasallikka chalinmagan fuqarolar;
  • Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yo‘q fuqarolar;
  • muqaddam sudlanmagan fuqarolar;
  • Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan fuqarolar.
Fuqaro Janubiy Koreyadan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kundan boshlab, 90 kun muddat ichida Koreya Respublikasi ish beruvchisi bilan kelishilgan holda jo‘nab ketishi zarur. Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q. Mavzuga doir:  Avval O‘zbekistonda fuqarolarni 24 mlrd so‘mga chuv tushirgan bandlik agentligi jinoiy ishi bo‘yicha tergov tafsilotlar ma’lum qilingan. Shuningdek, 2019-yil oktabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatilgani hamda shu yili noyabrda O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar