So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12315
    • RUB 138.99
    • EUR 13489.85
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +8°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Anqarada oliy darajadagi O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    19.02.2020, 23:20 20038

    Anqara shahrida 19-fevral, chorshanba kuni, Oliy darajadagi O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu kengash ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi muloqot formatidir. U 2018-yili davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotiga muvofiq tuzilgan.

    Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida olib boradi. Siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, madaniyat, ta’lim, fan va texnika, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Turkiya hukumatlararo komissiyasi hamraislari erishilgan natijalar to‘g‘risida mazkur kengashga doimiy axborot kiritib boradi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kengashning muvofiqlashtiruvchi organlari hisoblanadi.

    Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on O‘zbekiston rahbarini tashrifi bilan qutlab, mamlakatlar parlamentlari, davlat idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi. Turkiya va O‘zbekistonning qo‘shma loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik va cheksiz hurmat uchun Turkiya rahbari va xalqiga tashakkur izhor etdi.

    “Bu uchrashuv strategik sherikligimiz yuksak bosqichga ko‘tarilganining yaqqol ifodasidir. Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda besh milliard dollarga yetkazishga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarishda ham ushbu kengash, albatta, muhim zamin bo‘ladi. Biz bugungi yig‘ilish natijalarini mustahkamlab, kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning kun tartibi va hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlari haqida hozirdan o‘ylashimiz maqsadga muvofiqdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston va Turkiya savdo vazirlari so‘zga chiqib, ikki tomonlama hamkorlik rivoji to‘g‘risida batafsil axborot berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muzokaralarda mamlakatlar hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar kelishib olindi.

    Shavkat Mirziyoyev Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun Rajab Toyyib Erdog‘onni O‘zbekistonga taklif qildi.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga yetib bordi
    • Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi
    • Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda o‘zganing plastik kartasidan 250 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

    Bugun, 09:51

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi IPO joylashtirish jarayonini boshladi

    Bugun, 09:01
    Reklama

    O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 09:48

    Olmaotadagi hostelda yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

    Bugun, 09:38

    AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer 100 yoshida vafot etdi. Uning Amerika diplomatiyasidagi o‘rni qanday?

    Bugun, 09:35

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan BAAga boradi

    Bugun, 09:23

    Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari hududida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 09:00

    Toshkentda chiqindi xizmati narxi 1,5 barobarga qimmatlashadi

    Bugun, 08:51

    YCHL. “Manchester Yunayted” Turkiyada durang o‘ynadi, “Arsenal” “Lans” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)

    Bugun, 08:47

    YCHL. “Real” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli”ni mag‘lub etdi, “Inter” “Benfika”ga qarshi o‘yinda 3 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, durang qayd etdi (video)

    Bugun, 08:30

    Ramzan Qodirov Ukrainaga qarshi harbiy operatsiya qachon tugashini aytib o‘tdi

    Bugun, 08:28

    Tavsiya etamiz

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.