• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘latdan koronavirusgacha. Karantinlar qachon paydo bo‘lgan?

    Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus sababli ushbu mamlakatning 11 ta shahrida karantin joriy qilindi. Karantin – yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning qadimiy usuli bo‘lib, ko‘rib turibmizki, aksar kasalliklarning davosi topilgani va tibbiyot rivojlanganiga qaramay, zamonaviy dunyoda u hamon o‘z kuchiga ega. “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov karantin tarixi haqida hikoya qiladi.

    Uxandan kelayotgan fuqarolar kutib olinmoqda. Janubiy Koreya.

    Uxandan kelayotgan fuqarolar kutib olinmoqda. Janubiy Koreya.
    Foto: Getty Images

    Kasallik tarqalgan joyni va kasal bemorlarni karantin orqali izolyatsiyalash amaliyoti qadimgi yunonlarda ham bo‘lgan. Vabo tarqalgan joydan chiqmaslik va u yerga bormaslik haqida Payg‘ambarimizning hadislari ham mavjud: Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Agar bir joyda vabo tarqalganini eshitsangiz, u yerga bormanglar. Agar o‘zingiz turgan joyga vabo kelsa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar!” deganlar. Demak, karantin amaliyoti islom endi tarqalgan zamonda (VI–VII asrlar) Arabiston hududlarida ham bo‘lgan.

    Karantin haqida, shuningdek, Injilda (Eski ahd qismida) ham alohida so‘z yuritilgan. Unda moxov kasaliga yo‘liqqan bemorlarni alohida saqlash haqida gap boradi. Bu degani milodning eng boshida ham odamlar karantinni yaxshi bilganiga dalolatdir.

    Odamlar u zamonlarda hali mikrob, bakteriya va virus haqida hech narsa bilmagan. Lekin bemorlarni alohida saqlash va yuqumli kasallik yoyilib ketmasligi uchun muayyan shahar va qishloqlarga kirish va chiqishni taqiqlash amaliyotini ko‘pchilik tamaddunlarda qo‘llab kelingan.

    Ko‘rib turibmizki, 2020-yilga kelib ham karantin amaliyoti katta ko‘lamda qo‘llanmoqda. Buning sababi oddiy: karantin doim yaxshi samara bergan va o‘zini oqlab kelgan.

    Koronavirus epidemiyasi boshlangach, avvaliga Xitoy epidemiya o‘chog‘i bo‘lmish Uxan shahrini yopdi. Ketma-ket, unga yondosh boshqa shaharlar ham karantinga olindi. Keyin esa Xitoyga chegaradosh boshqa mamlakatlar chegaralarni qisman yoki butunlay yopdi. Ko‘plab mamlakatlar Xitoyga aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Xitoydan yetib kelgan yoki evakuatsiya qilinganlar esa ikki haftalik majburiy karantinga olinmoqda. Bu, albatta, karantinning zamonaviy usulidir.

    Avvaliga karantin shunchaki “kasallik yuqtirishda va tarqatishda gumonlangan odamlarni tutish va saqlash” ma’nosini bildirgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan bu tushuncha tom ma’noda boshqa mohiyat kasb etdi. Hozirda karantin deganda kasallik yuqtirgan yoki yuqtirgan deb gumon qilinayotgan shaxs, jonivor, yuk, tovar, transport vositasi, aholi punkti, hudud va boshqalarni alohidalashga (izolyatsiyalashga) qaratilgan, epidemiyaga qarshi cheklovchi va rejim qoidalarini belgilovchi chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi.

    Avvallari biror shaxs yoki joy karantinga olinishi odatda jamiyat tomonidan yakkalab qo‘yilishi, hududga kirish va chiqishni hamma o‘zi uchun mustaqil hal qilishi orqali tashkillangan bo‘lsa, hozirda karantin sog‘liqni saqlash organlari va hatto hukumat darajasidagi tadbirlar orqali tashkillanadi va nazorat qilinadi.

    O‘sha Injilda qayd etilgan va moxov kasaliga qarshi e’lon qilingan karantin tarixan fakt asosida qayd qilingan birinchi karantin deyish mumkin. O‘rta asrlarda moxov kasaliga yo‘liqqan odamlarni jo‘natiladigan maxsus hududlar (koloniyalar) keng tarqalgan edi. Moxovga chalingan odam o‘sha koloniyaga majburan jo‘natilgan va u yerda qat’iy rejim ostida ushlab turilgan. Odatda bunday koloniyalar cherkovlar tarkibida bo‘lgan va kasallar cherkov xodimlari nazoratida saqlangan va davolangan. Moxovlar karantin ostida saqlangan bunday joylarni leprozoriy deb nomlangan. XIII asrda butun Yevropa bo‘ylab 19 mingta leprozoriy mavjud bo‘lgan.

    Bu kasallik sababini olimlar faqatgina 1873-yilda aniqladi; uning qo‘zg‘atuvchisi Mycobacterium leprae (Xansen tayoqchasi) bakteriyasi bo‘lib chiqdi. Hozirda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti moxov kasalini “unutilgan” kasalliklar ro‘yxatiga kiritgan. Ya’ni hozirda jahon bo‘ylab moxovga chalinganlar soni 800 ming kishidan ham kam va ular asosan sanitar-epidemiologik vaziyat nochor bo‘lgan mamlakatlar – Hindiston, Nepal, Butan, Mozambik, Madagaskar va Tanzaniyada uchraydi.

    Neapoldagi leprozoriy. Italiya, XIV asr.

    Neapoldagi leprozoriy. Italiya, XIV asr.
    Foto: Wellcome Collection

    Zamonaviy ko‘rinishdagi karantin ilk bor XIV asrdagi o‘lat epidemiyasi paytida paydo bo‘lgan. O‘shanda, 1347-yilda tarqalgan qora o‘lat tufayli to‘rt yil ichida jahon bo‘yicha 200 millionga yaqin odam vafot etgan deb baholanadi.

    1377-yilda Venetsiya qirolligi tasarrufidagi Raguza porti (hozirda Xorvatiyadagi Dubrovnik porti) ma’muriyati o‘lat tarqalgan mamlakatlardan qaytgan kemalarni 30 kun mobaynida qirg‘oqqa tushmasdan, sohildan nariroqda turib turishi kerakligi haqidagi qoidani kiritgan. 30 kun ichida kemadagilardan hech biri kasallanmasa, u yerda hamma sog‘lom deb qabul qilingan va qirg‘oqqa tushishga ruxsat berilgan. Keyinchalik ushbu 30 kunlik rejim 40 kungacha o‘zgartirilgan. Avvalgi 30 kunlik rejim trenta (o‘ttiz) deyilgan bo‘lsa, yangi joriy qilingan qirq kunlik rejim quaranta (qirq) deb nomlangan. Bu bizdagi chilla saqlashga, ya’ni 40 kunlik tiyilish rejimiga juda o‘xshash bo‘lgan. Quaranta so‘zidan hozirgi biz bilgan “karantin” so‘zi kelib chiqqan.

    Hindistonlik talabalar Uxandan olib chiqilmoqda.

    Hindistonlik talabalar Uxandan olib chiqilmoqda.
    Foto: Getty Images

    Karantin e’lon qilishning asoslari va bunda amal qilinadigan me’yorlar borasidagi dastlabki xalqaro huquq normalari XIX asrda paydo bo‘lgan. XIX asrda kuzatilgan vabo epidemiyasi esa shunchaki joyni izolyatsiyalashning o‘zi yetarli chora emasligini, balki masalaga kompleks yondoshish, ijtimoiy va siyosiy choralarni ham tashkillash zaruratini o‘rtaga tashladi. O‘shanda karantin metodikasini standartlashtirish borasida qator xalqaro anjumanlar o‘tkazildi va jarayonning iqtisodiy asoslari belgilanib, tibbiy-tashkiliy jihatlari standartlashtirildi.

    Karantin e’lon qilish va tashkillash borasidagi hozirgi zamonaviy qoidalar majmui esa Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 1951-yildagi sessiyasida qabul qilingan.

    06.02.2020, 19:03   Izoh (0)   127983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.