Polshadagi Osvensim konsentratsion lageri ozod etilganiga kecha, 27-yanvar kuni 75 yil bo‘ldi. Aushvits I, Aushvits II (Birkenau) va Aushvits III lagerlarini o‘zida birlashtirgan kompleksda 1940-yildan 1945-yilgacha turli manbalarga ko‘ra 1,1 milliondan 2 milliongacha odam (kamida bir million yahudiy, 60 ming polyak va 14 ming sovet asirlari) o‘ldirilgan.

Osvensim 1945-yil 27-yanvarda Qizil armiyaning Birinchi ukrain fronti tomonidan ozod etilgan. Lager hududida 1947-yilda muzey tashkil etilib, YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. BMT qarori bilan 2006-yildan beri Osvensim ozod qilingan kun Xalqaro Xolokost qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanadi.

“Interfaks” agentligi Osvensim ozod qilinganiga 75 yil to‘lgan kunda olingan fotolarni taqdim etdi.

Konslagerning “o‘lim darvozalari” sari olib boradigan temiryo‘l

Foto: DPA

Konslager asirlarining oyoq kiyimlari

Foto: Reuters

Osvensim lageriga kiraverishdagi yozuv: “Mehnat ozod qiladi”

Foto: AP

“O‘lim lageri”ning sim tikanakli devorlari

Foto: Zuma

Gaz kameralarida halok bo‘lgan odamlarning ko‘zoynaklari

Foto: EPA

Mahbuslar kazarmasining mo‘rilari

Foto: DPA

Kazarmalardan biridagi yog‘och karavotlar

Foto: DPA

“To‘xta” yozuvi yozilgan taxtacha

Foto: Zuma

Osvensimdagi kazarma va binolar

Foto: Reuters

Krematoriyning pechlaridan biri

Foto: Reuters

Konslagerning qo‘riqlash minorasi

Foto: Reuters

Osvensimdagi dor

Foto: Reuters