Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 22-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisda Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Nomzodlar ro‘yxati parlament tomonidan 21-yanvar kuni bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan Abdulla Aripov tomonidan taqdim etilgan edi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Nomzodlar dastlab parlament quyi palatasining mas’ul qo‘mitalarida, shundan so‘ng beshta siyosiy partiyalarning fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Majlisda har bir nomzod harakat dasturini taqdim etgan. Shundan so‘ng savol-javoblar bo‘lib o‘tgan.

Vazirlar Mahkamasining a’zolari Prezident tomonidan tasdiqlangach, o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi, deya qayd etmoqda “Gazeta.uz”.

Vazirlar Mahkamasi a’zolari

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov (1962-yilda tug‘ilgan, 2019-yil fevralidan beri bosh vazir birinchi o‘rinbosari — transport vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri — Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov (1964-yilda tug‘ilgan, 2019-yil fevralidan beri bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi — Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov (1974-yilda tug‘ilgan, 2019-yil fevralidan bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi — Elmira Erkinovna Bositxonova (1958-yilda tug‘ilgan, 2019-yil iyunidan beri bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi).

Vazirlar

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Transport vaziri — Elyor Majidovich G‘aniyev (1960-yilda tug‘ilgan, 2019-yil yanvaridan beri bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Qurilish vaziri — Botir Erkinovich Zokirov (1963-yilda tug‘ilgan, 2019-yil sentabridan beri qurilish vaziri).

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri — Muzaffar Xoldorboyevich Soliyev (1975-yilda tug‘ilgan, 2017-yil iyulidan beri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Iqtisodiyot va sanoat vaziri — Botir Asadillayevich Xo‘jayev (1956-yilda tug‘ilgan, 2019-yil yanvaridan beri iqtisodiyot va sanoat vaziri, vazirlik nomi o‘zgarguncha — 2017-yildan iqtisodiyot vaziri edi).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri — Nozim Baxtiyorovich Husanov (1976-yilda tug‘ilgan, 2019-yil sentabridan beri bandlik va mehnat munosabatlari vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri — Sardor O‘ktamovich Umurzoqov (1977-yilda tug‘ilgan, 2019-yil yanvaridan beri investitsilar va tashqi savdo vaziri).

Energetika vaziri — Alisher Saidabbosovich Sultonov (1967-yilda tug‘ilgan, 2019-yil fevralidan beri energetika vaziri, o‘shandayoq unga yoqilg‘i-energetika va sanoatning asosiy tarmoqlari masalalari bo‘yicha bosh vazir maslahatchisi vazifasi yuklatilgan edi).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Qishloq xo‘jaligi vaziri — Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev (1979-yilda tug‘ilgan, 2019-yil yanvaridan beri qishloq xo‘jaligi vaziri).

Suv xo‘jaligi vaziri — Shavkat Rahimovich Hamroyev (1964-yilda tug‘ilgan, 2018-yil fevralidan beri suv xo‘jaligi vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Adliya vaziri — Ruslanbek Quroltoyevich Davletov (1980-yilda tug‘ilgan, 2017-yil avgustidan beri adliya vaziri).

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri — Inom Urishevich Majidov (1963-yilda tug‘ilgan, 2017-yil iyunidan beri oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Xalq ta’limi vaziri — Sherzod Hotamovich Shermatov (1977-yilda tug‘ilgan, 2018-yil iyunidan beri xalq ta’limi vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Maktabgacha ta’lim vaziri — Agrippina Vasilyevna Shin (1958-yilda tug‘ilgan, 2017-yil oktabridan beri maktabgacha ta’lim vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Sog‘liqni saqlash vaziri — Alisher Qayumovich Shodmonov (1962-yilda tug‘ilgan, 2017-yil fevralidan beri sog‘liqni saqlash vaziri).

Jismoniy tarbiya va sport vaziri — Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev (1978-yilda tug‘ilgan, 2018-yil iyulidan beri jismoniy tarbiya va sport vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Innovatsion rivojlanish vaziri — Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov (1975-yilda tug‘ilgan, 2017-yil noyabridan beri innovatsion rivojlanish vaziri).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri — Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (1969-yilda tug‘ilgan, 2018-yil avgustidan beri axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri).

Madaniyat vaziri — Ozodbek Ahmadovich Nazarbekovich (1974-yilda tug‘ilgan, 2017-yil avgustidan beri madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari edi).

Mudofaa vaziri — Bahodir Nizomovich Qurbonov (1969-yilda tug‘ilgan, 2019-yil fevralidan beri mudofaa vaziri).

Ichki ishlar vaziri — Po‘lat Razzoqovich Bobojonov (1961-yilda tug‘ilgan, 2017-yil sentabridan beri ichki ishlar vaziri).

Tursinxon Xudoybergenov (o‘ngda).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Favqulodda vaziyatlar vaziri — Tursinxon Aydarovich Xudoybergenov (1951-yilda tug‘ilgan, 2016-yil dekabridan beri Prezident maslahatchisi. 2018-yil aprelida unga favqulodda vaziyatlar vazirining majburiyatlari yuklatilgan).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Tashqi ishlar vaziri — Abdulaziz Hafizovich Komilov (1947-yilda tug‘ilgan, 2012-yil yanvaridan beri tashqi ishlar vaziri).

Davlat qo‘mitalari raislari

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi — Bahrom To‘lqinovich Qo‘chqorov (1972-yilda tug‘ilgan, 2017-yildan beri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi).

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi — Oybek Ortiqovich Ismoilov (1976-yilda tug‘ilgan, 2018-yil noyabridan beri mudofaa vazirining qurollanish va ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari edi).

Davlat statistika qo‘mitasi raisi — Bahodir Abdusalomovich Begalov (1968-yilda tug‘ilgan, 2017-yil mayidan beri Davlat statistika qo‘mitasi raisi).

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Davlat soliq qo‘mitasi raisi — Behzod Anvarovich Musayev (1973-yilda tug‘ilgan, 2018-yil dekabridan beri Davlat soliq qo‘mitasi raisi).

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi — Bobir Farhodovich Islomov (1984-yilda tug‘ilgan, 2017-yil iyulidan beri Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi).

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi — Murotjon Berdialiyevich Azimov (1976-yilda tug‘ilgan, 2018-yil fevralidan Davlat bojxona qo‘mitasi raisi).

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi — Abdushukur Hamidovich Abdullayev (1959-yilda tug‘ilgan, 2017-yil martidan beri Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi).

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi — Nizomiddin Jalilovich Bakirov (1968-yilda tug‘ilgan, 2017-yil mayidan beri O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi).

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi — Bahromjon To‘rayev Norqobilov (1973-yilda tug‘ilgan, 2019-yil martidan beri Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi).

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi — Baxtiyor Vahobovich G‘ulomov (1966-yilda tug‘ilgan, 2019-yil fevralidan beri Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari va qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi edi).