Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Tadbirda qo‘mita bosh mutaxassisi Dilshodxon Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi qarori asosida ta’sis etilgan.

Ko‘krak nishoni har yili 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida topshiriladi.