Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qarorga muvofiq 2020-yil 1-apreldan boshlab fuqarolarning ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali taqdim etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-apreldan boshlab:

  • ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani to‘g‘ridan to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi;
  • narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.
2020-yil 1-martgacha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan fuqarolarning ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda