Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim finalida 9-yanvar, payshanba kuni “Barselona” va “Atletiko” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Birinchi bo‘lim kataloniyaliklarning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, tanaffusga qadar gol bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida madridliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi, zaxiradan maydonga qo‘shilgan Koke katalonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq “Barselona” futbolchilari bunga tezda javob qaytardi.

51-daqiqada Lionel Messi jarima maydoniga yorib kirdi va kuchli zarba bilan darvozani aniq nishonga oldi. 62-daqiqada Antuan Grizmann sobiq jamoasiga gol urgan holda “Barselona”ni oldinga olib chiqdi.

So‘nggi o‘n daqiqalik avvalida kataloniyaliklar posboni Neto o‘z jarima maydoni ichida qo‘pol harakat qildi. Belgilangan penaltini Alvaro Morata golga aylantirdi. 86-daqiqada “Barselona” futbolchilari maydon markazida to‘pni yo‘qotdi, natijada madridliklar qarshi hujumga o‘tib ketdi va Anxel Korrea birga-bir vaziyatni ko‘kka sovurmadi.

Shu tariqa “Atletiko” musobaqa finaliga yo‘llanma oldi. 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bahsda “matraschilar” “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniya Superkubogi

Yarim final bahsi

9-yanvar, payshanba

“Barselona” — “Atletiko” 2:3

Gollar: 0:1 – 46 Koke, 1:1 – 51 Messi, 2:1 – 62 Grizmann, 2:2 – 81, penalti Morata, 2:3 – 86 Korrea.

“Barselona”: Neto, Umtiti, Alba, Pike, Serxi Roberto, de Yong (Fati, 88), Vidal, Buskets (Rakitich, 86), Grizmann, Messi, Suares.

“Atletiko”: Oblak, Lodi (Vitolo, 67), Savich, Trippyer, Felipe, Saul, Errera (Koke, 46; Lyorente, 72), Korrea, Tomas, Joau Feliks, Morata.

Ogohlantirishlar: Pike (31), Tomas (35), Suares (45), Savich (45), Felipe (64), Lyorente (72), Vidal (77), Neto (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi