Xalqaro koinot stansiyasining rossiyalik ekipaji Yangi yil bayrami kunlari bir emas, ikki dam olish kuniga ega bo‘ladi. Bu haqda “Roskosmos” matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

“1 va 7-yanvar dam olish, qolgan kunlarda kosmonavtlar belgilangan tartib bo‘yicha ishlaydi”, — deya ma’lum qildi korporatsiya vakillari.

Oldinroq OAV kosmonavtlarda Yangi yilda faqat bitta dam olish kuni — 1-yanvar bo‘lishini ma’lum qilgandi. Endi Rossiya tomoni bunga Rojdestvodagi dam olish kunini ham qo‘shdi.

Rossiya va AQSh kosmonavtlarning istaklariga binoan odatiy dam olish kunlariga qo‘shimcha yarim yillik ekspeditsiya davomida o‘zlarining milliy ekipaji uchun ikki dam olish kunidan qo‘shishi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirda XKSda rossiyalik Aleksandr Skvorsov va Oleg Skripochka, amerikalik Kristina Kuk, Endryu Morgan va Jessika Meyir, shuningdek, italiyalik Luka Parmitano parvoz qilmoqda.