Siz g‘olibsiz. Sizning hayotingiz yorqin hodisalarga to‘la. Siz o‘ta faolsiz, kayfiyatingiz esa doimo ko‘tarinki. Doimo g‘alaba qozonish siz uchun odatiy hol, shunday emasmi?

Artel kompaniyasi faol hayot tarzingizga a’lo darajada mos keladigan 4 ta yangi smartfon ishlab chiqardi. Ular siz doimo aloqada bo‘lishingiz, sevimli musiqangizdan bahra olishingiz va yuqori tezlikdagi internetdan rohatlanishingiz uchun yaratilgan.

Yangi Artel smartfonlari hamyonbop va ayni vaqtda yuqori sifatga ega. Smartfonlarning nomi: “Allo, “Gap yo‘q”, “Tomchi” va “Premium”.

“Premium” – ommabop hashamat

Artel kompaniyasining yangi flagmani Artel “Premium” – sizning hashamatli raqamli yordamchingiz. Smartfonning operativ xotirasi 4 Gb, doimiy xotirasi esa 64 Gbni tashkil etadi. Artel “Premium” yurtimizdagi huddi shu texnik xarakteristikaga ega smartfonlardan deyarli ikki baravar arzonroq. Uchta kameraga ega Artel “Premium” aqlbovar qilmaydigan tiniqlikdagi rasmlarni suratga tushirishga qodir, 6,35 dyuymli IPS ekran esa tasvirning barcha tafsilotlarini aks ettiradi. Yangi smartfonda Android 9.0 Pie operatsion tizimi o‘rnatilgan. Android Pie bugungi kunda eng zamonaviy operatsion tizimlardan biri. Unda o‘rnatilgan maxsus neyron aloqalar smartfon quvvatini intellektual nazorat qilishga va boshqarishga imkon beradi.

Oddiyroq qilib aytganda, yangi Artel smartfoni operatsion tizimda o‘rnatilgan maxsus algoritmlar yordamida yanada tezroq ishlashga qodir.

“Allo” – a’lo

“Allo” smartfoni eng hamyonbop smartfonlardan biri. Arzon narxda yuqori funksionallik smartfon olishni istaysizmi? “Allo” – siz uchun! Talabamisiz? Smartfon xarid qilish uchun bitta stipendiyaning o‘zi yetarli!

5 dyuymli ekran o‘rnatilgan Artel “Allo” o‘ta darajada qulay bo‘lib, har qanday ishingizni hal qilishda asqatadi. Ushbu smartfonning doimiy xotirasi 64 Gbgacha kengaytirilishi mumkin, o‘rnatilgan Android GO operatsion tizimi esa elektron fayllar, hujjatlar va internetdan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

“Gap yo‘q” – doimo aloqada

“Gap yo‘q” smartfoni 5,7 dyuymli displey hamda ikkita asosiy kamera bilan jihozlangan. Ushbu kamera yordamida siz yaqinlaringiznining ajoyib portret suratlarini rasmga tushirishingiz mumkin. Smartfonning asosiy xotirasi 16 Gbni tashkil etib, 64 Gbgacha kengaytirilishi mumkin. Ushbu smartfonning quvvati kun davomida internetdan faol foydalanishingiz va kundalik vazifalaringizni bajarish uchun bemalol yetadi.

“Gap yo‘q” smartfoni Fingerprint datchiki bilan jihozlangan. Ushbu datchik yordamida nafaqat smartfonni blokdan yechish, balki onlayn xarid qilish yoki to‘lovlarni ham bajarish mumkinligini bilardingizmi? Fingerprint datchiki bilan to‘lovlarni amalga oshirish yanada oson va qulay!

“Tomchi” – bejirim dizayn

Avvalambor aytish lozimki, Artel “Tomchi” smartfoni bejirim dizaynga ega. Smartfonning texnik xarakteristikalari ham tashqi ko‘rinishidan hech qolishmaydi: ikkita kameraga ega bo‘lgan “Tomchi” o‘ta tiniq suratlar yarata oladi, 32 Gb doimiy xotiraga ega va 128 Gbgacha kengaytirilishi mumkin. Smartfon displeyi 6 dyuymni tashkil etadi, ekran formati esa HD. Ushbu smartfon bilan siz sevimli film va ko‘rsatuvlaringizni har joyda yuqori darajada tiniq formatda tomosha qilishingiz mumkin.

Artel mobile smartfonlari hayotingiznining har sohasida sizga a’lo darajada asqatadi. Smartfon yordamida barcha ishlaringizni bir zumda hal qiling, baxtli onlaringizni yuqori tiniqlikdagi kameraga muhrlang, barcha sevimli qo‘shiq, film, rasm va hujjatlaringizni bir joyda saqlang va Artel mobile bilan doimo bir qadam oldinda bo‘ling.

Artel mobile – sizning hayot tarzingiz.

Reklama huquqi asosida.