Eshitishda muammolari bo‘lgan minglab bemorlar har yili Turkiyadagi Acıbadem Fulya shifoxonasiga murojaat qiladilar. Ko‘pchilik uchun bu ko‘pincha hayot sifatining yaxshilanishi, yo‘qotilgan sog‘liqning tiklanishi uchun so‘nggi umidga aylanadi. Darhaqiqat, ba’zida hatto eng kichik eshitish qobiliyatining buzilishlari ham, agar ular o‘z vaqtida davolanmasa, eshitish qobiliyatining to‘liq yo‘qolishiga yoki Alsgeymer kasalligiga olib kelishi mumkin.

Acıbadem Fulya shifoxonasining otorinolaringologi, professor Dilaver O‘zturan juda ham ko‘p minnatdor bemorlarga ega shifokor. “Hamma odatiy hodisa sifatida qabul qilishga odatlangan eshitish, aslini olganda bir qator oniy harakatlarni o‘z ichiga oladi”, — deydi mutaxassis. Tashqi quloq antenna vazifasini bajaradi: tovushlarni to‘playdi, ularni quloq kanali, quloq pardasiga uzatadi. Quloq pardasidan suyaklar orqali - bolg‘a, ichki tog‘ay va o‘rta quloqning suyakchalaridan biri orqali, tebranishlar ichki quloqqa kelib tushadi, unda suyuq muhit mavjud. Uning ustida turli xil to‘lqinlar chastotalari hosil bo‘ladi, ular pianino klavishlariga o‘xshash membrana sifatida uzatiladi. O‘rta quloqda joylashgan suyaklar — tabiiy eshitish qurilmasi bo‘lib, tovush to‘lqinlarini 22,3 barobar kuchaytiradi.

Doktor Dilaver O‘zturan

Doktor Mehmet Erem eshitish qobiliyati yo‘qotilishining eng ko‘p tarqalgan sabablarini sanab o‘tdi. Bu quloqda ko‘p miqdordagi oltingugurtini hosil bo‘lishi, quloq pardasining buzilishi, o‘rta quloqda suyuqlik to‘planishi, yallig‘lanish va ichki quloq bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muammolar. Eshitish qobiliyati yuqori darajadagi shovqin ta’siri ostida, spiralsimon asab tolalarini va bosh miya sohalaridagi buzilishlar sababli pasayishi mumkin. Boshqa sabablarga har qanday yallig‘lanish jarayonlari, qarilik, jarohat olish, o‘smalar, qon tomir va tug‘ma kasalliklar kiradi.

Hayotni murakkablashtiruvchi kasalliklar

Eshitish qobiliyatini yo‘qotilishi uch turga bo‘linadi:

  • Konduktiv;
  • Neyrosensor;
  • Aralash

Yuqori darajadagi shovqin ta’siri ostida ishlovchi shaxslar, kimyoterapevtik dori-darmonlarni qabul qiluvchi, meningit bilan kasallangan bolalar, Menera kasalligiga chalingan bemorlarda ko‘proq uchrashi xavfi mavjud. Irsiy omil ta’sir ko‘rsatadi — agar oila a’zolaridan birining eshitish qobiliyatida muammolar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ular yaqin qarindoshlarga ta’sir qilishi mumkin.

Professor O‘zturan eshitish qobiliyati buzilgan insonlarga xos bo‘lgan alomatlarni sanab o‘tdi. Inson atrofdagilar bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarni his qiladi, aytilganlarni tushunishga qiynaladi, va agar u suhbatdoshini oldida ko‘rmasa, har doim ham murojaatlarga javob qilavermaydi. Televizion dasturlarni tomosha qilishda ovoz balandligini oshirishga ehtiyoj sezadi yoki ekran oldiga yaqinlashishi kerak bo‘ladi, ayol va bolalarning ovozlarini farqlamaydi. Eshitish qobiliyatini yo‘qotilishi keksa yoshdagi insonlarda tez-tez uchraydigan muammolar bilan bog‘liq: yodda saqlab qola olmaslik, demansiya, Alsgeymer kasalligi.

Muammolarning yechimi bor!

Eshitishning buzilishi tug‘ma bo‘lishi yoki kasallikdan, jarohatlardan keyin rivojlangan bo‘lishi mumkin. Acıbadem Fulya shifoxonasining doktori Feyzi Elez shunday deydi: “Eshitishning sifatiga quloq pardasi, suyaklar va ichki quloqning holati ta’sir ko‘rsatadi.” Tez rivojlanayotgan neyrosensorli eshitish qobiliyatining pasayishida biz koxlear implantantdan yoki bionik quloqdan foydalanamiz - elektrodlar ichki quloqqa joylashtiriladi, u ishlay boshlaydi. Eshitish moslamasi tovushlarni ichki quloqqa uzatishni boshlaganda, koxlear implantant ularning tovush balandligini oshirgan holda ichki quloqqa tovushlarni topishga imkon beradi.

Eshitish skriningi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buzilishlarni tashxislash uchun ishlatiladi. Ota-onalarning vazifasi alomatlarni, jumlada, nutqning kechikishi, tovushlarga reaksiyaning yo‘qligi, televizorning ovoz balandligini oshirish so‘rovlari, o‘zlashtirishning pasayishini o‘z vaqtida aniqlash. Bolalarda eshitishning erta buzilish bosqichlarini aniqlash uchun maxsus testlar qo‘llaniladi: tashxis spiralsimon asabdan miyaning eshitish markazigacha bo‘lgan eshitish elementlarining elektr reaksiyasini o‘lchash orqali olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Doktor Feyzi Elez shuni alohida ta’kidlaydiki, agar bola besh yoshga to‘lgunga qadar o‘z vaqtida tashxis qilinmasa va kasallik davolanmasa, bola kar va soqov bo‘lib qolishi mumkin. Shifokor shuni tasdiqlaydiki: “Bunday bolalarni eshitish moslamalari bilan ta’minlash, tovushlarni ularga imkon qadar erta tanishtirish kerak. Agar eshitishni yoqotishning jiddiy xavfi mavjud bo‘lsa, unda eshitish moslamalarini qo‘llash kerak va bir yoshdan keyin koxlear implantatsiyani amalga oshirish lozim.

Audiometrik testlar — eshitish qobiliyatini yo‘qotish diagnostikasida oltin standartdir. Kabinalarda yoki tovushsiz maydonlarda amalga oshiriladi.

Eshitish qobiliyatining yo‘qolishi odamni ijtimoiy muhitdan ajratib turadi, o‘zingizni yolg‘iz va ishonchsiz his qilasiz. Acıbadem Fulya klinikasida davolanish usullari kelib chiquvchi sabablarga ko‘ra tanlanadi. To‘satdan eshitish qobiliyatini yo‘qotishda medikamentoz terapiya (kortizon) va giperbarik oksigenasiya qo‘llaniladi, o‘tkazib yuborilgan holatlarda koxlear implantlar qo‘llaniladi. Agar sabab yosh bilan bog‘liq bo‘lsa, eshitish moslamasi qo‘llaniladi. Bolalarda quloq naychasini implantatsiyasi quloq suyuqligi bilan bog‘liq eshitish qobiliyatini yo‘qotish muammosini hal qiladi, agar o‘rta quloqdagi suyaklar ohaklangan bo‘lsa, u holda ohaklangan suyak olib tashlanadi va protez o‘rnatiladi.

Turkiyadagi Acibadem shifoxonalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acibadem shifoxonasining Toshkentdagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: (+99895) 144 54 45

Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida.