• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Kun ko‘rish emas, yashash muhim”. O‘zXDP nimani taklif qilyapti?

    Oylik maosh insonning turmush farovonligi, yashash sifatini ko‘rsatib beruvchi muhim omil. O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi sezilarli darajada oshgan.Jumladan, yuqori o‘sish sur’ati sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati, sanoat, qurilish sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu qatori tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli tadbirkor, xususiy biznes egalarining ham topish-tutishiga yanada baraka kirmoqda. Bugun tadbirkor, deyilsa, yuqori daromad egasi ko‘z oldimizga keladi.

    “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”. Shuning uchun aholining yuqori daromad olishi, tadbirkor-u ishbilarmonlarning yangi ish o‘rinlari tashkil etishi, xodimlarini yuqori maosh bilan ta’minlashi uchun qulay sharoitlar yaratish bizning bosh maqsadimiz bo‘lishi kerak.

    Biroq bugungi bozor iqtisodi sharoitida barcha tadbirkorlik subyektlari ham yuqori maosh to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari yarata olmayapti. Xususiy korxonada ishlash deganda ba’zida chet elga tovar eksport qiluvchi nufuzli firmada yuqori maosh asosida faoliyat yuritish tushunilsa, ba’zida barqaror va turg‘un bo‘lmagan ish, mukofot puli va boshqa imtiyozlar qo‘llanilmaydigan ish haqi, maoshning mavsum va sotuv hajmi kamayganda pasayib ketishi kabi holatlar ko‘z oldimizga keladi.

    Kichik biznes subyektlarida ishchilarning arzimagan maoshga kun kechirishi holatlari uchramoqda. Masalan, fermer xo‘jaliklarida yerga ekin ekib olish sharti bilan, oyliksiz ishlayotganlar, tikuv sexlarida mavsumiga, ish ko‘lamiga ko‘ra kamgina pulga qanoat qilib mehnat qilayotganlarni ko‘rishimiz mumkin. Hatto ba’zi xorijiy korxona va tashkilotlar O‘zbekistonga arzon ishchi kuchi manbai sifatida ham qaraydi. Tadbirkorlik subyektlarida oylikning kamligiga ayrim hollarda tadbirkorlarning ko‘proq foyda olish uchun arzon ishchi kuchini qidirishi sabab bo‘lsa, ba’zi o‘rinlarda yuqori maosh to‘lash uchun imkoniyat va sharoit yetarli emasligi, ish haqini oshirish uchun qo‘shimcha imtiyozlar yo‘qligi bunga to‘sqinlik qiladi.

    Xalq demokratik partiyasi yurtdoshlarimizning mehnati yuqori baholanishi, mehnatiga yarasha haq olishi va tadbirkorlik subyektlarining o‘rtacha ish haqidan yuqori maosh to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari yaratishini rag‘batlantirish zarur, degan tashabbusni ilgari suryapti.

    Joylarda mutasaddilar bilan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar chog‘ida ham oyliklarni oshirish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Xorijiy mamlakatlarga borib, musofirlikda turli “qora ishlar”ni qilishga majbur bo‘layotganlar ham to‘qlikka sho‘xlikdan emas, yetishmovchilikdan, topgan puli oilasini boqishga yetmaganidan ketgan. Murojaatlarda shu narsa ayon bo‘lyaptiki, oylik maoshi jilla qursa iste’mol savatchasi — muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam to‘plami uchun yetarli bo‘lishi lozim. Bu, ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, har bir insonning ustuvor huquqi ekanini aslo esdan chiqarmaslik zarur.

    Qolaversa, tadbirkorlik subyektlarining o‘zi uchun ham yaxshi ish haqi taklif etish manfaatlidir. Boisi mehnat bozorida talab katta bo‘lgan malakali mutaxassis arzongarovga ishlamaydi. Xizmatini professionallar bajarishi, ishida unum bo‘lishini istagan tadbirkorlik subyekti xodimlariga shunga yarasha haq bera olishi zarur. Ish haqining yuqori bo‘lishi aholining moddiy sharoitini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida oshirish barobarida iqtisodiyot rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi.Shuni inobatga olgan holda tadbirkorlik subyektlarini o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqidan yuqori maosh to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari yaratishga rag‘batlantirish nihoyatda dolzarb vazifadir.Aholining turmush farovonligini oshirish, yuqori maoshli ish o‘rinlari bilan ta’minlash qanday imtiyozlar asosida amalga oshirilishini belgilash zarur. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etish lozim:Birinchidan, mehnatga haq to‘lash miqdoridan kelib chiqib, ijtimoiy to‘lovlarning differensial stavkalarini belgilash. Bunda korxona to‘laydigan o‘rtacha ish haqi qancha yuqori bo‘lsa, yagona ijtimoiy to‘lov miqdori shuncha pasayadi. Natijada korxonalar imkoniyatlari doirasida oyliklarni oshirishga intiladi. Oylik yuqori bo‘lgan ish o‘rinlariga raqobat asosida malakali mutaxassislar saralanib boradi.Ikkinchidan, ish haqining o‘rtacha hisoblangan nominal miqdoridan past maosh to‘laydigan korxona va xususiy tadbirkorlarga qonunda belgilangan soliq imtiyozlarini qo‘llamaslik, daromadiga esa yuqori stavka bo‘yicha soliq solish.Oyligi ro‘zg‘or tebratishga yetarli bo‘lgan inson ertangi kunidan ko‘ngli to‘q, xotirjam yashaydi, yurt ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qiladi, o‘zga yurtlarda rizq terishni xayoliga keltirmaydi. Yuqori oylik taklif etayotgan tadbirkorning ham faoliyati kengayishi, malakali xodimlar bilan ishi ildamlashiga shubha yo‘q.

    Biz mustaqil O‘zbekiston xalqining farovon turmush kechirishi, tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanishini istar ekanmiz, aholining yuqori daromad olishini ta’minlashimiz lozim, deb hisoblaymiz.

    Biz har bir shaxs munosib sharoitlarda mehnat qilishining tarafdorimiz!

    Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz bering!

    Saidali Yusupov, O‘zXDP Markaziy Kengashi bosh konsultanti

    Reklama huquqi asosida.

    01.12.2019, 15:00   Izoh (0)   33860
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akfa Medline tug‘ma yurak xastaligi bilan og‘rigan bolalarga yordam berdi

    01.12.2019, 10:30

    Avtotransport xizmatlari sifatini yaxshilash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda

    01.12.2019, 09:00

    O‘zbekiston Milliy banki jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozitlarni taklif etadi!

    30.11.2019, 15:00

    IMZO issiqlikni saqlovchi deraza-romlari – sovuq mavsumdagi savdo yetakchisi!

    30.11.2019, 12:00

    Mahalliy va xorijiy investorlar, barcha tadbirkorlar diqqatiga!

    30.11.2019, 11:00

    “Qishloq qurilish bank” Buxoro viloyatiga press-tur uyushtirdi

    29.11.2019, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.