Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning Nijnevartovskiy sudi o‘yinchoq to‘pponcha bilan qurollanib, bankni o‘marmoqchi bo‘lgani O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qidi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2019-yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan. 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi mahalliy banklarning biriga kelib, plastik pistoletni bank xodimlari va mijozlarga qaratib, pul talab qilgan.

Shu kuni bank kassasida qariyb 3 million rubl, 12,5 ming dollar va 13 ming yevro bo‘lgan. Bank xodimasi mablag‘lar saqlanuvchi joyga kirish imkoniyati yo‘qligini bildirgach, jinoyatchi binoni tark etgan.

Qayd etilishicha, yigit qo‘lga olinib, katta miqdordagi pullarni o‘marmoqchi bo‘lgan uchun unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va 8 yil-u 10 oyga qattiq tartibli koloniyada jazoni o‘tashga hukm qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi