• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: Qo‘shni davlatdan gaz import qilaylik

    Kolumnistimiz Sarvar usta endi jahonshumul masalalarga ortiq aralashmasdan, gaz-elektr-ko‘mir kabi “xodovoy” mavzularda yozib yurmoqchi. Qish fasli borki, o‘zbeklar uchun o‘lmaydigan muammo haqida yozishga nima yetsin.

    Kirib keldi oltin kuz, gaz-svetdan umid uz. Qishni bu yurt quvonch emas, tashvish bilan kutishga ko‘nikdi, ko‘niktirishdi. Gaz qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilar safida ekanimiz bugun istehzo uyg‘otuvchi iboraga aylandi. Bu holdan chiqishning chorasi bormi?

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”

    Sovet rangli televizorlari tez-tez buzilib, yaxshi ko‘rsatmasdi. Latifalar to‘qilgan: “Dada, nega bizning televizorimiz ko‘rsatmaydi?”, “Chunki bizniki rangli-da”. Xo‘sh, nega o‘zbeklar gazga muhtoj? Chunki bizda gaz konlari ko‘p-da.

    Ular xalqniki emasligi haqida indamaymiz, mayli. Xo‘sh, bizda gaz koni ko‘p ekan – bu yaxshi. Bu gaz kambag‘allarga berilmas ekan – bunisiga ham ko‘nikdik. Nima qilish mumkin? Javob oddiy – chetdan sotib olish. Qozog‘istonda suyultirilgan propan gazining litri 20 sent atrofida (ikki ming so‘m), bizda qariyb ikki baravar qimmat. Quvurdan keluvchi tabiiy gaz narxlari orasidagi farq ham taxminan shuncha. Qozog‘iston yoki Turkmanistondan quvur tortamiz. Kattakon sisternalarda suyultirilgan gaz sotib olamiz. Tadbirkorlar qotirib tashlaydi, davlat akamiz bojni oshirib qo‘ymasa bo‘ldi. Eng qizig‘i, gazi bo‘laturib qo‘shnisidan gaz sotib olib uyini isitgan noyob mamlakat sifatida nom tarqatamiz. Bug‘doy ekib, unni Qozog‘istondan import qilishda (o‘zimizniki molga) tajribamiz bor. Endi gaz importiga navbat. Rossiya ham cheksiz gazi bo‘laturib O‘zbekistondan gaz oladi. Ulardan kam joyimiz bormi?

    Sog‘lomga kasalxona, bemorga mikrofon

    Qiziq tendensiyani sezyapsizmi? Sog‘lomlar kasalxonada, sindromga uchraganlar esa yulduz.

    Bir ayol ko‘chaga chiqib yurgandi. Bitta o‘zi emas, odamlar bilan birga. Onlayn translyatsiya qilgan, ayrimlarga yoqimsiz gaplar aytgan. Hozir jinnixonaga joylangan.

    Kap-katta odam o‘zga sayyorada mehmon bo‘lib kelganini hikoya qilyapti. O‘zidan o‘zi tabib bo‘lib qolgani-yu, “uyoqda” qirqta farzandi borligini aytib qulog‘imizga tepyapti. Sog‘lom odam shunday deydimi? Ammo uning atrofida muxbirlar girdikapalak. Televizor-u saytlar undan bo‘shamaydi.

    “Biz kutgandik, bilgandik” iboralari bilan mashhur ijodkorning qaytishi Andijonda bo‘ldi. “Andijonda tug‘ilishni orzu qilgan” qizaloqni ko‘plar tanqid qildi, ammo shifokor “Bu psixologiyada o‘rganilgan tibbiy sindrom” deya yordam berishga chaqirdi. Qiziq dunyo.

    Odam yulduzlikni orzu qilishga ham qo‘rqadi.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Abdulloh_qayerda_edi?

    Uyqu markazidan ovqat markazigacha

    Sartaroshxona siyosiy suhbatlari

    Nanomaterialdan ketmon yasab...

    G‘aniyev g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi

    Yubka kiying erkaklar, salla o‘rang yigitlar

    Shirin qovunlar mamlakati-2: Hojatxona sammiti

    Soqol yoxud generallar o‘yini

    O‘qing, faqat yig‘lamang

    Davlatning juniga shaxsiy juningni aralashtirma

    26.11.2019, 17:42   Izoh (0)   85159
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.