• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: Uyqu markazidan ovqat markazigacha

    Sezyapsizmi, monopolistlar hayotimizda qanday monopoliya o‘rnatsa, markaz so‘zi tilimizda shunday monopoliya o‘rnatyapti. O‘quv markazi, til markazi, osh markazi, non markazi, savdo markazi, go‘sht markazi. O‘quv dargohi, ta’lim dargohi, oshxona, choyxona, novvoyxona, do‘kon, magazin, qassobxona degan g‘irt o‘zbekcha so‘zlarimiz yetimday chekkada mung‘ayib qoldi.

    Uyqu markazi(yotoq)dan turib, hojat markazi(tualet)ga kirdim. So‘ng yuvinish markazi(qo‘lyuvgich)da bet-qo‘limni yuvib, ovqat markazi(oshxona)ga kirdim. Nonushta qilgach, transport markazi(avtobekat)dan avtobusga mindim.

    Markazlar.

    Markazlar.
    Fotokollaj: “Daryo”

    Ish markazi(ishxona)mgacha yarim soatlik yo‘q. Ertalabdan yo‘lto‘sar markazi(DAN posti)da turgan melisalar reyd o‘tkazyapti. Yaqinroq borsak – yo‘q, davlat markazi(Toshkent)ga katta-katta mehmonlar kelgan ekan, kattayo‘l markazi(avtotrassa)ni to‘sib qo‘yishibdi. Noiloj, aholi yashash markazi(mahalla)ning torgina yo‘lidan aylanib yurdik.

    Birovga aytmang-u, biz ish markazi(korxona)ga kelib darrov ish boshlamaymiz. Ko‘rsatuvlar markazi(televizor)ni yoqamiz, birov choy, birov kofe damlaydi. Yonimizdagi savdo markazi(magazin)dan mayda-chuyda olib chiqib, kavshanib o‘tiramiz.

    Xo‘o‘sh. Ko‘rsatuvlar markazi(televizor)dagi lofchilarning aytishicha, biz Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmoqchi ekanmiz. Birovga aytmang-u, men diktorlarni lofchilar deyman. Yagona davlat bo‘lsak, boj markazlari (bojxonalar) yo‘qolarkan, qo‘shnilarga tovar sotishimiz osonlasharkan. Undan ham qizig‘i, mehnat muhojirlarining umumiy markazi(Rossiya)ga bemalol borib ishlarkanmiz, militsiya markazi (OMONchilar) osilmas ekan. Mahsulot markazlari (zavodlar), ishlab chiqarish markazlari (fabrikalar) ochilib iqtisodimiz gullab ketarkan. Iye, maza bo‘larkan-u, deb qo‘ydim. Yo‘lni qancha to‘ssangam, ish markazlar(korxonalar)ini gullatib qo‘y, barakatopkur.

    Ish markazi(korxona)mizda sakkizta mahsulot tayyorlash markazi (sex) bo‘lsa, hozir bir yarimtasi ishlayapti. Birovga aytmang-u, qolganlarini dastgoh markazlar(stanok)iga qo‘shib sotvorildi. Kim sotganini sizgayam, birovgayam haligacha aytmadim. Shundan keyin kunimiz qo‘riqlash markazi(qorovulxona)xonadagi ko‘rsatuvlar markazi(televizor)ning tagida o‘tadigan bo‘pqoldi. Hech vaqo ishlab chiqarmasang ham davlat oylik to‘layverarkan, vey. Pul markazi(kassa)dan sharaq-sharaq sanab olgan pullarimizning tobora barakasi uchdi. Borib-borib ishtonsiz qolayozgandik, bir boymat sarmoya kiritib, korxonamizni arang saqlab qoldi. Rahmat unga.

    Siz bilan vaqillashib kunni kech qildim. Yaxshiki, taksi markazi yonimizdaligi uchun transport muammosi yo‘q. Go‘sht markazi(qassobxona)dagi sotuvchi “keling, oka, rasprodaja qivordim” degandi, yarim kilogina olib xonadonlar markazi(mikrorayon)dagi uyimga zipilladim. Ittifoqniyam, markaziniyam bir chetga qo‘ying, uyimizdan qo‘ymasin.

    Uzunquloq pirim ziyoratgohidan motivatsiya

    Bilaman, diniy mavzu qaltis. Kallani olishga ishqibozlar ko‘p. Shuning uchun kallani bir joyga qo‘yib, eski kitobdagi mavzuni ko‘taraman. Bugungisini emas.

    O‘sha yoshligimizda maza qilib o‘qigan “Sehrli qalpoqcha” kitobida ajoyib bir ziyoratgoh tasvirlanadi. Bu ziyoratgohga bormabsiz – dunyoga kelmabsiz. Duo oluvchi bormi, farzand tilovchi bormi, ishlari o‘ngidan kelishini so‘rovchi bormi – hammasi Uzunquloq pirim qabriga kelib so‘raydi. Uzunquloq pirimga har narsani bag‘ishlash shunchalik ommalashganki, bir yigit pivoni oxirigacha simirib, “Savobini Uzunquloq pirimga bag‘ishladim”, deb shishasini soyga uloqtirvorganigacha tasvirlangan.

    Xo‘sh, bu Uzunquloq pirim qanday karomatgo‘y zot bo‘lgan? Kitobning oxirida ayon bo‘ladi. Aniqrog‘i, ziyoratgohni Hoshimjonning dadasi, mashhur buldozerchi Ro‘zivoy aka pionerlager qurish uchun buzayotganda odamning emas, eshakning suyagi chiqadi. O‘rtada bahs tug‘iladi. Birov bu odamning suyagi desa, ikkinchisi eshakning suyagi, deb yengadi. Oxiri uzoq tog‘ tarafda yashovchi yuzdan oshgan chol boboni olib kelib oydinlik kiritishadi. Otaxonning aytishicha, to‘qson yilcha oldin bir kambag‘al cholning o‘tin ortib kelayotgan birgina eshagi yukni ko‘tarolmay tappa tashlab o‘lib qoladi. Chol bechoraning birgina boquvchisi shu eshak bo‘lgani uchun qattiq qayg‘urib, uni shu yerga ko‘madi. Yo‘lda yig‘lab o‘tirsa, odamlar “kimingiz dunyodan o‘tdi?”, deydi. Chol qayg‘u bilan “valine’matim Uzunquloq pirimni ko‘mdim”, deydi. Shu-shu bu yer ziyoratgohga aylanadi. Odamlar “valine’mat Uzunquloq pirim”dan tilak so‘rashga o‘rganadi.

    “Ey, birodarlar, tilak yagona yaratuvchidan so‘raladi. Qabrdan emas. Ziyoratgohdan tilak so‘ralmaydi, daraxtga latta bog‘lanmaydi. Qabrdagilar sizga yordam bera olarmidi. Motivatsiya olaman, shavqlanaman, deb o‘zingizni kulgiga qo‘ymang”, deydigan odam bo‘lmagan. Shu tariqa ziyoratgoh biznesi gullab-yashnagan. Darvoqe, eslataman: gap asardagi Uzunquloq pirim ziyoratgohi ustiga ketyapti.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Sartaroshxona siyosiy suhbatlari

    Nanomaterialdan ketmon yasab...

    G‘aniyev g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi

    Yubka kiying erkaklar, salla o‘rang yigitlar

    Shirin qovunlar mamlakati-2: Hojatxona sammiti

    Soqol yoxud generallar o‘yini

    O‘qing, faqat yig‘lamang

    Davlatning juniga shaxsiy juningni aralashtirma

    O‘zingnikidan uzr, begonaga qonun

    Shirin qovunlar mamlakati

    Qani, blogerlar, yoppasiga ko‘cha tozalashga!

    07.11.2019, 13:05   Izoh (0)   74185
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.