Daryo

Kobulda Afg‘oniston IIV binosi yonida portlash yuz berdi

Portlash oqibatida ikki nafar odam halok bo‘lgan. Besh nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan

1 daqiqa o‘qish44 668 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Afg‘onistonning Tolo News mahalliy telekanli Kobulda mamlakat ichki ishlar vazirligi binosi yonida portlash yuz berganini xabar qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Twitter
Mavzuga doir:  Pajhvok agentligining xabariga ko‘ra, portlash oqibatida ikki nafar odam halok bo‘lgan. Besh nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Foto: Twitter

Mavzuga doir: Afg‘oniston shimoli-sharqida ro‘y bergan portlash oqibatida 9 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Kobulning 15-tumanidagi Qosim ko‘chasida portlash yuz bergani va ushbu hodisa oqibatida 7 nafar fuqaroning halok bo‘lgani, yana 7 nafar odam jarohatlanganini Facebook’dagi akkauntida tasdiqlagan.

Mamlakat hududidagi jangarilar IShID va “Tolibon” harakati vakillari hodisa yuzasidan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmagan. Avval Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Masud Andrabiy mamlakat janubida joylashgan Nangarxar viloyatidagi politsiya boshqarmasi yangi rahbari tanishtiruvida IShID jangarilari mag‘lubiyatga uchragani va Afg‘onistonda butunlay tor-mor etilganini ma’lum qilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar