Daryo

Afg‘oniston shimoli-sharqida ro‘y bergan portlash oqibatida 9 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Mamlakatdagi hech bir terrorchilik tashkiloti amalga oshirilgan portlash yuzasidan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q

1 daqiqa o‘qish32 134 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Al Arabiya

Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Taxar viloyatida bugun 2-noyabrda yuz bergan portlash oqibatida maktab tomon yo‘l olgan o‘quvchilar halok bo‘ldi. Bu haqda Pajvak agentligining Twitter’dagi xabariga asoslanib “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Foto: Al-Arabiya
Mamlakatdagi hech bir terrorchilik tashkiloti “Tolibon” harakati ham, IShID ham amalga oshirilgan portlash yuzasidan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Mavzuga doir:  Avval Afg‘onistonning Forob viloyatida mina portlashi oqibatida yo‘l atrofda o‘ynab yurgan 8 nafar bola halok bo‘lgan va bir nafar bola jarohat olib omon qolgandi. Mavzuga doir: Shuningdek, 18-oktabr, juma kuni Afg‘oniston sharqidagi masjidda amalga oshirilgan portlash natijasida 62 nafar odamning halok bo‘lgani xabar qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar