Daryo

Afg‘onistonda masjiddagi portlashlar natijasida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Terakt yuzasidan mas’uliyatni hozircha hech qaysi terrorchilar guruhi o‘z zimmasiga olgani yo‘q

1 daqiqa o‘qish56 944 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Varthe Bharathi

Afg‘oniston sharqidagi Nangarxor viloyatida masjid portlashi natijasi kamida 62 nafar odam halok bo‘lgan va 100 dan ortiq inson turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Varthe Bharathi

Xabarga ko‘ra portlash qurilmasi masjid ichiga o‘rnatilgan. Portlash Juma namozi o‘qilayotgan vaqtda amalga oshirilgan. Berilgan ma’lumotlarda portlashlarning davomiy bo‘lganligi va masjidning vayron qilinganligi qayd etilgan.

Terakt yuzasidan mas’uliyatni hozircha hech qaysi terrorchilar guruhi o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Afg‘oniston hukumati amalga oshirilgan ushbu mudxish ishlar ortida “Tolibon” terroristik harakatining vakillari turganligini bildirgan.

Foto: The New York Times
Dastlab portlashlarning mahalliy vaqt bilan 14:00da sodir etilgani qurbonlar sonining 32 ta ekani, ammo og‘ir jarohat olganlarning ham ko‘pligi xabar qilingandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar