Ichki ishlar vazirligining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Foto: Google Images

Unda aholi gavjum bo‘ladigan joylarda tirbandliklarning oldini olish, haydovchi va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

2020-yilning yanvar oyida aholi gavjum bo‘ladigan bozorlar, savdo markazlari, avtoshohbekatlar yaqinida piyodalar yer osti va yer usti o‘tish joylari hamda avtoturargohlar, shuningdek, zaruratdan kelib chiqqan holda ko‘p qavatli avtoturargohlarni bosqichma-bosqich barpo etish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqish va hukumatga kiritish to‘g‘risida vazifalar qayd etilgan.

Respublikada harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasida jami 12 ta tadbir belgilangan.

Hujjat loyihasi 23-noyabrgacha muhokama qilinadi.