6—7-noyabr kunlari Yevropa Ligasi musobaqasining 4-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Foto: Twitter/@EuropaLeague

UEFA rasmiy sayti turning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar bilan tanishing:

Munir al Haddodiy (“Sevilya”) — “Dyudelanj”ga qarshi o‘yinda (5:2) uchta gol muallifi

Markus Reshford (“Manchester Yunayted”) — “Partizan”ga qarshi o‘yinda (3:0) gol va to‘rtta aniq zarba muallifi

Esteban Granero (“Espanyol”) — “Ludogorets”ga qarshi o‘yinda (6:0) ikkita samarali uzatma muallifi va 94% uzatmalar aniqligi

Enso Krivelli (“Istanbul”) — “Volfsberg”ga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol muallifi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!