Mashhur fransuz xonandasi va aktrisasi Mari Lafore Shveysariyada vafot etdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Foto: AFP

Maytena Mari Brijitt Dumenak (asl ism-sharifi) Shveysariyaning Jenole shahrida 80 yoshida olamdan o‘tdi. U bu yerda sahnadan ketganidan so‘ng yashayotgandi.

Lafore qo‘shiqchilik va aktrisalik faoliyati davomida 42 ta albom chiqargan, 35 ta filmda suratga tushgandi. Ular orasida fransuz kinosining mashhur yulduzlari Alen Delon va Jan-Pol Belmondo ishtirokidagi filmlar ham bor.