Rufat Sayliyev 9-oktabrdan Yangiyo‘l shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Rufat Sayliyev 1984-yil 8-dekabrda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Millati — tojik. 2009-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi. Mehnat faoliyati davomida Yoshlar ittifoqi Markaziy va hududiy Kengashlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Ma’murjon Norboyev 9-oktabrdan Yangiyo‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma’murjon Norboyev 1984-yil 2-noyabrda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. 2007-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2015-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida ta’lim sohasida bir qator vazifalarda hamda Yangiyo‘l tumani hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.