Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 10-oktabr kuni “Toshkent—Yekaterinburg” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan HY611 reysi Tyumendagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.

Foto: “Gazeta.uz”

Bunga Yekaterinburgdagi Kolsovo aeroportining texnik sabablarga ko‘ra yopilgani sabab bo‘lgan. Samolyot bortida 103 kishi bo‘lgan. Aeroport ochilgach, Tyumenda bo‘lib turgan samolyot o‘z manzili — Yekaterinburgga yo‘l oladi.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, 10-oktabr kuni Kolsovo aeroportiga An-12 harbiy-transport samolyoti avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Qo‘nish vaqtida havo kemasida yong‘in chiqqan, olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Favqulodda vaziyatga samolyot shassisining chiqmaganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aeroport faoliyati to‘xtatilgan.