12-sentabr, payshanba kuni M-2 “Qrim” avtomobil yo‘lida Moskva viloyati hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga asoslanib, TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google Images

Yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari haydovchi O.A. va yo‘lovchi N.T. jarohatlandi. Ular Podolsk shahri Markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirildi.

Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi hamda Podolsk shahrining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatdi.

“Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskvа viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20”, — deyiladi xabarda.