• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasul Kusherbayev deputatlar bir qator huquqlaridan mahrum bo‘lganini ma’lum qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotganiga munosabat bildirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    Shu yilning 4-sentabrdagi ‘Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida’gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga asosan 1995-yilda qabul qilingan ‘O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida’gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi.

    Ta’kidlash joizki, mazkur qonunda deputat faoliyatining kafolatlariga oid boshqa qonunlarda mavjud bo‘lmagan va amaliyotda g‘oyatda muhim hisoblangan bir qator huquq va vakolatlar mavjud edi.

    Xususan, bekor qilingan qonunning 13-moddasiga ko‘ra, deputatlar sessiyada og‘zaki bildirgan yoki sessiyada raislik qiluvchiga yozma ravishda bergan taklif va mulohazalar hokimiyat vakillik organi, uning qo‘mitalari yoki komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi yoxud ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari va mansabdor shaxslarga yuborilishi belgilangan edi.

    Deputat saylov okrugida o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun tegishli hokimiyat vakillik organi nazorati ostidagi tashkilotlarda o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning muhim manfaatlariga taalluqli bo‘lgan har qanday masala ko‘rib chiqilishi chog‘ida ishtirok etishi mumkinligi kafolatlangan edi. Endilikda deputatda har qanday masala emas balki hokimlik, idora va tashkilot ruxsat bergan masalalardagina ishtirok etishi mumkinligi xavfi paydo bo‘ldi. Bu ham deputat uchun adolatni tiklash va amalga oshirishda katta yo‘qotish, deyish mumkin.

    Deputat fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda o‘zi yuborgan taklif, ariza va shikoyatlar tegishli hokimiyat organi hududida joylashgan davlat organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ko‘rib chiqilishini nazorat qilishga va ularning ko‘rib chiqilishida shaxsan ishtirok etishga haqli edi. Endilikda deputat ‘Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida’gi Qonun talablari asosida umumiy tartibda murojaatlari ko‘rib chiqilishida ishtirok etishi mumkin.

    Eng katta yo‘qotish bu deputatning quyi Kengashlar ishida qatnashishidan mahrum etilgani bo‘ldi. Masalan, Oliy Majlis deputati zarur hollarda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etib, deputatlarning barcha vakillik bo‘g‘inida hamkorligini ta’minlash, sessiya davomida o‘z taklif va fikrlarini bildirishi mumkin edi. Bu ayniqsa, Oliy Majlis deputatlarining quyi Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalarning amaldagi normativ huquqiy hujjatlarga mos va muvofiqligini ko‘rib chiqish masalan, qonunlarga zid holda ‘snos’ qilish, fermerlarning yerlarini olib qo‘yish, hokimliklar hisobotini tinglashda alohida ahamiyat kasb etardi. Afsuski mazkur huquqning yo‘qolishi qonunan Oliy Majlis deputatlariga quyi Kengashlarning eshigi yopilishiga olib keldi.

    Shuningdek, qonunning 23-moddasiga asosan deputat murojaatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan mansabdor shaxslarga majburiyatlar yuklatilgan bo‘lib, unda barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalariga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslar deputatlarning g‘oyat muhim masalalar, shu jumladan, tegishli organning qaror qabul qilishi, qabul qilgan qarorini o‘zgartirishi yoki bekor qilishi zarurligi to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqilishi shart edi. Murojaat ko‘rib chiqiladigan kun to‘g‘risida deputatni oldindan xabardor qilishi kerak bo‘lgan. Bu shakldagi huquq bilan ham xayrlashildi.

    Shu bilan birga, deputatlar hokimliklar, korxonalarning, tashkilotlarning, ilmiy, yuridik muassasalarning, o‘quv yurtlarining ma’muriyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uning deputatlik faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalarda yordam olish huquqidan ham mahrum bo‘ldilar.

    Eslatib o‘tamiz, deputat faoliyatining kafolatlariga oid amaldagi asosiy Qonunlar ‘O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va senati a’zosining maqomi to‘g‘risida’gi hamda ‘Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida’gi Qonunlardan iborat.

    Bu o‘zgarishlar deputatlar faol ishlashi uchun to‘siq bo‘lmasligiga qattiq umid qilaman.

    Rasul Kusherbayev, deputat

    11.09.2019, 17:20   Izoh (0)   30454
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zavtosanoat” rahbariyati va kuzatuv kengashini mukofotlashga qaror qildi

    11.09.2019, 17:04

    O‘zbekistonda doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan xodimlarga ustama to‘lanadi

    11.09.2019, 16:49

    Bryusselda Yevrokengash siyosat va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi delegatsiyasining Toshkentga tashrifi muhokama qilindi

    11.09.2019, 15:48

    Samarqandda nikohdan ajratish va aliment masalasida yordam berish evaziga 200 dollar pora olgan advokat ushlandi

    11.09.2019, 15:32

    Buxorodagi 90 yillik Shuxov minorasi fransuz oilasining puli evaziga turistik qadamjoga aylandi

    11.09.2019, 15:21

    Toshkent viloyati hokimi: “Paxtani 10 kun kech terib olsak ham, ijtimoiy soha xodimlari terimga olib chiqilmaydi”

    11.09.2019, 14:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.