Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) “Vikram” qurilmasini Oyga qo‘ndirish bo‘yicha missiyaning so‘nggi bosqichida apparat bilan aloqani yo‘qotdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Qurilma Oy sathidan 2,1 kilometr balandlikda turganida Yerdagi stansiyalar apparatdan signal qabul qilishni to‘xtatgan.

ISRO vakillarining ma’lum qilishicha, ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Hindistonning Oy missiyasi davom ettiriladi. Oy tomon iyul oyida uchirilgan “Chandrayan-2” sayyoralararo stansiyasi yana bir yilcha Yer yo‘ldoshi orbitasida ishlaydi.