“Dorian” tropik to‘foni 26-avgust kuni Atlantika okeanidagi Barbados orolida paydo bo‘lib, uch kundan so‘ng Bagam orollariga yopirilgan. To‘fon kuchi soatiga 285 km/soat tezlikni tashkil qilmoqda.

Foto: Reuters

Bagam orollari bosh vaziri Xyubert Minnis to‘fon Katta Bagam va Abako orollariga zarar yetkazgani, 13 mingga yaqin uy to‘liq vayron bo‘lgani haqida ma’lumot bergandi.

Foto: Reuters

Bundan avvalroq AQSh to‘fonlarni kuzatish milliy markazi “Dorian”ni Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi — “katta talafot” darajasidaligini ma’lum qilgan.

Foto: Reuters/Marco Bello

Foto: Reuters/Gregg Newton

“Dorian” to‘foni sabab Rivyer-Pilotga olib boradigan yo‘lning zarar ko‘rgan qismi.

Foto: Reuters/Ramond A King

Foto: Reuters/Nigel R Browne

Foto: Reuters/KHG MAG

Bir muddat avval Donald Tramp “Dorian” bo‘roni sabab Polshaga safarini bekor qilgandi. Tramp Polshaga 1-sentabr kuni Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashish uchun tashrif buyurishi kerak edi.

“Men uchun shu yerda bo‘lish muhim. Bo‘ron, ko‘rinishidan, juda ham jiddiy bo‘lishi mumkin”, — degan Donald Tramp.

Foto: Reuters

Avvalroq “Dorian” to‘foni sabab Bagam orollarida besh kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.