Volkswagen kompaniyasi boshqaruvi va kuzatuv kengashining sobiq raisi Ferdinand Piyex 83 yoshida vafot etdi.

Foto: EPA

Avstriyalik biznesmen Bavariyadagi restoranga borganidan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan. Uni qutqarishning imkoni bo‘lmadi, sabablari esa ma’lum qilinmadi.

Piyex 1937-yili Venada tug‘ilgan, shu nomli kompaniya asoschi Ferdinand Porshening nabirasi edi.

U 2015-yilda Volkswagen kuzatuv kengashi raisligidan ketgan. Uzoq yillar kompaniya aynan uning nomi bilan bog‘liq holda tilga olinardi.