Mercedes-Benz Germaniyaning shimoli-g‘arbidagi Alxorn shahridagi yopiq aerodromda bir necha mingta avtomobillar saqlamoqda. Motor nashrining yozishicha, ularning barchasi nuqsonli detallar almashtirilishini kutmoqda.
Nemis jurnalistlari tomonidan e’lon qilingan videolavhada yaroqsiz “Mersedeslar” “qabristonida” asosan GLE va GLS krossoverlari saqlanadi. Ammo, u yerda C va E modeldagi bir necha kupelar va hatto S-klassdagi Mercedes-Maybach sedani ham ko‘zga tashlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, AQShda chiqarilgan 40 mingga yaqin GLE va GLS krossoverlarining eksteryeri va interyerining ishlab chiqarilishi sifatida muammolar aniqlangan. Shu sababli endi Mercedes-Benz avtomashinalarni yevropalik mijozlariga topshirishdan avval nuqsonli bamper va o‘rindiqlarni alshmashtirish uchun ularni vaqtinchalik ushlab turishga majbur.
Izoh (0)