Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Onlayn auksion orqali 19-avgustdan 25-avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida 682 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,5 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga 45,9 foizi ikkinchi va 33,6 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shuningdek, birja savdolarining hajmi 655,4 milliard so‘mdan 742,6 milliard so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,9 million dollarga teng tovarlar sotildi, bu esa avvalgi hafta natijasiga nisbatan 31,8 foizga yuqori.

Avvalroq birjaning “Avtoraqam” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab umumiy qiymati 245 milliard so‘mdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda