2019-yil 28-iyul kuni soat 18:05 larda Buxoro viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumani hududida shu tumanda yashovchi J.M. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l harakati qoidasini buzib kelayotganligi sababli to‘xtatilgan. Bu haqda IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Haydovchining hujjatlari ko‘zdan kechirilganda unga tegishli haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirish taloni qalbaki ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 228-moddasi 1 va 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar! Tez va oson haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilayotganlar aldoviga uchmang, ogoh bo‘ling!” — deyiladi xabarda.