Aktyor Ulug‘bek Qodirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Foto: “Daryo”

Suhbat davomida “Nega doim jurnalistlardan qochib yurasiz, sizni intervyuga ko‘ndirish juda qiyin”, mazmunidagi savolga Ulug‘bek Qodirov quyidagicha javob berdi.

Aktyorman, doimiy suratga olish maydonchalarida yuraman, ammo fotossesiyalarda o‘zimni yaxshi his qilmayman. Men uchun bu jarayon noqulayroq bo‘lgani sababli, fotograflarga ham suratga olish jarayonlarida fotosessiya qilmasliklarini so‘rayman. Jurnalistlardan qochmayman, aksincha uzrimni aytib, intervyuni keyinroq qoldirishni so‘ragan bo‘lishim mumkin.

Ulug‘bek Qodirov, aktyor