O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Erkin Komilov “Vatanparvar” gazetasiga bergan intervyusida oilasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Zarnews

“Onam 22 ta farzandni dunyoga keltirgan, men o‘n to‘qqizinchisiman. Hamma bolalari qizamiqdan, tepkidan o‘lavergach, otam ismimni avval Tangriberdi, keyin esa polvon bola, erkin bo‘lib o‘ssin, deya Erkin qo‘yishgan ekan”, — deb aytgan.

Shuningdek, avvalgi davrlar bilan hozirni taqqoslab, odamlar noshukurlik qilayotganini ta’kidlab o‘tgan.

“Odamlar dasturxonga 2 ta turshak, bir hovuch mayiz bilan bir burda zog‘ora nonni qo‘yib, mehmonni kutib olaverardi. Oqibat yaxshi edi-da, u paytlar. Hozir dasturxonimizda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q, to‘kin, lekin ayrimlar borgan joyidan, ‘palon narsani qo‘ymapti’ deb chiqib ketishyapti. Bu noshukurlik emasmi?” — degan u.