Endilikda siz o‘z yashayotgan shahringizda IELTS testlarini topshirish uchun noyob imkoniyatingiz bor!

Yildan yilga IELTS testlarining O‘zbekistonda ommabopligi oshyapti. Bu esa, o‘z navbatida, taajubli va ajoyib holat emas. Agarda siz IELTS sertifikatni qo‘lga kiritsangiz, eng afzal va saralangan xalqaro va mahalliy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga va obro‘li ishga kirishingiz mumkin. IELTS sertifikati sizga yangi eshiklarni ochib beradi va martabangiz tez oshadi. IELTS sertifikatining ahamiyati naqadar yuqori bo‘lganligini bir fakt yaqqol ko‘rsatadi.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq mahalliy oliy o‘quv yurtlariga va O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy universitetlarining fillialarga o‘qishga kirayotgan abituriyentlar agarda IELTS sertifikatiga ega bo‘lsa, xorijiy til bo‘yicha imtihonni topshirmasa bo‘ladi.

Ammo so‘nggi yillargacha IELTS testini topshirishi Toshkentda yashamayotgan fuqarolar uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirardi. Ular testlarni topshirish uchun va IELTS sertifikatni olish uchun poytaxtga borish, u yerda ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni rasmiylashtirishga majbur bo‘lar edi. Britaniya Kengashi manbalaridan foydalanish, mutaxassislardan konsultatsiya ham iloji bo‘lmagan edi. Bir so‘z bilan aytganda, viloyatda istiqomat qiluvchi fuqarolarda IELTS testlarni topshirish uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va muvaffaqiyatli topshirishga bunday imkoniyat bo‘lmagan edi.

Barcha nomzodlar uchun bir xil imkoniyat yaratish uchun ular yashash va o‘qish joyidan qat’iy nazar, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Britaniya Kengashi xususiy o‘qish markazlari bilan noyob sheriklik dasturini ishga tushirdi. Mazkur o‘quv markazlari rasmiy ravishda viloyatlarda IELTS testlarini o‘tkazish va konsultatsiya berish huquqiga ega.

Toshkentdan tashqari sheriklik dasturi O‘zbekistondagi yettita shaharlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy o‘quv markazlarini o‘z ichiga qamrab oladi: Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi va O‘rganch shaharlarida.

Britaniya Kengashi bilan hamkorlik qilayotgan o‘quv markazlari bilan tanishish uchun quyidagi havolani qo‘llang — https://www.britishcouncil.uz/en/exam/ielts-partners/registrations.

Bu esa mamlakatimizning boshqa shaharlarida yashayotgan va IELTS testni topshirishni istayotgan fuqarolar uchun qanday imkoniyat yaratadi? Bugun viloyatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar teng imkoniyatlarga ega va IELTS testga to‘laqonli tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Ilgari ro‘yxatdan o‘tish uchun va IELTS testni topshirish uchun ular poytaxtga borishga, o‘z vaqtini va pullarini sarflashga majbur bo‘lar edi.

Endilikda ular hamkorlik qilayotgan o‘quv markazida ro‘yxatdan o‘tishi va IELTS testlarini topshirishi, o‘zi istiqomat qilayotgan shahardan chiqmasdan va o‘zi uchun IELTS testini topshirish qulay sanani tanlashi mumkin (https://www.britishcouncil.uz/en/exam/ielts/book-test).

Bundan tashqari nomzodlar testlar haqida to‘liq va batafsil ma’lumotni markaz mutaxassislaridan olishi, axborot va kutubxona manbalaridan foydalanishi, IELTS testlarini topshirishga taaluqli va tajribali murabbiylar, Britaniya Kengashi mutaxassislari jalb qilingan seminarlarda ishtirok etishi mumkin.

Mazkur sheriklik nafaqat viloyatdagi fuqarolari uchun teng imkoniyatlar yaratadi, balki Britaniya Kengashi va xududiy o‘quv markazlari orasida samarali hamkorlik uchun yangi istiqbollarni ham ochib beradi. Buning natijasida o‘quv markazlari Britaniya Kengashining noyob manbalaridan foydalanish imkoniyatga va shunday qilib ta’lim berish sifatini oshirishga, IELTS’ga tayyorgarlik ko‘rish va topshirish talabgorlari orqali auditoriyani sezilarli darajada kengaytirishga ega bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, Britaniya Kengashi tomonidan xususiy o‘quv markazlari bilan amalga oshirilayotgan sheriklik dasturi O‘zbekiston xududlarida IELTS testining ommabopligini va mazkur testini topshirish xohlovchilar sonini oshishiga muhim qadam bo‘ladi.

Xudoyor Ahmadjonov, Farg‘ona neftegaz kollejining bitiruvchisi, 18 yosh:

Bu yil men kollejni bitiraman va Farg‘ona politexnika institutida o‘qishni davom etmoqchiman. Ammo mazkur oliy o‘quv dargohida o‘qish uchun ingliz tilini mukammal bilish deb shart qo‘yilgan. Shuning uchun IELTS sertifikatiga ega bo‘lish majburiy deb belgilangan. Oldimda darhol zaruriy masala paydo bo‘ldi. IELTS testni topshirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun qaysi o‘quv markazini tanlasam bo‘ladi? Toshkentga jo‘nab, u yerda yaxshi tayyorgarlik ko‘raman va test topshiraman deb o‘ylaysam, o‘zimizning shahrimizda Britaniya Kengashi bilan rasmiy kelishuv asosida IELTS testlarni o‘tkazuvchi o‘quv markazi borligi haqida birdaniga bilib qoldim.

Ularga murojaat qilganimdan so‘ng menga to‘liq ma’lumot va konsultatsiya berishdi. IELTS testini topshirish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rish, qanday materiallardan foydalanish, imtihonni o‘tkazish qoida va shakllari to‘g‘risida. Ushbu foydali tavsiyalar menga IELTS testiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishda va uni muvaffaqiyatli topshirishda katta ko‘mak berdi. Endilikda ushbu ardoqli sertifikat bilan nafaqat o‘qishga kirishga imkoniyatim bor, o‘z orzuimga yetishga ham zamin yaratdi.

Muzaffar Hamidov, “COMPASS Education Centre” o‘quv markazining direktori (Farg‘ona):

Mazkur sheriklik, shubhasiz, ikki tomon uchun afzalli va ayniqsa biz uchun noyob istiqbollarni ochib berishga va yangi sifat darajasiga ko‘tarishga imkoniyatlarni yaratadi. Britaniya Kengashi hamkorligi tufayli ularning manba va imkoniyatlaridan foydalanishimiz, ingliz tili o‘qitishda va IELTS test jarayonlarini eng yuqori sifatda o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni kiritishimiz mumkin. Bundan tashqari, o‘quv markazining obro‘si ham ancha ko‘tarildi.

Britaniya Kengashi — boy va uzoq tarixga ega jahonga mashhur tashkilot, kuchli brend. Ular bilan hamkorlik qilish biz uchun katta imtiyoz va sharafdir! Agarda biz Britaniya Kengashi rasmiy vakili deb o‘zimizni tanishtirsak, bu bizning xizmatlarimizning yuqori sifatliligi e’tirofidir. Ishonamanki va umid qilamanki, kelajakda bizning sheriklik munosabatlarimiz samaradorligi yanada oshadi va yanada mustahkamlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun — https://www.britishcouncil.uz/en/exam

Reklama huquqi asosida