“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida hujumchi Romelu Lukakuni arzon narxga sotishni xohlamaydi.
ESPN’ning xabar berishicha, “Manchester Yunayted” 26 yoshli hujumchi uchun “Inter”dan 80 million funt talab qilmoqda.
Avvalroq “nerradzurilar”ga bosh murabbiy bo‘lgan Antonio Konte jamoasida Lukakuni ko‘rishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” 2017-yilda futbolchini “Everton”dan 75 million funt evaziga sotib olgandi. Bonuslar bilan hisoblaganda uning narxi 90 millionga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, Romelu Lukaku tugallangan mavsum Angliya Premyer ligasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)