GM Uzbekistan kompaniyasi “Nurafshon Avtocentr” multibrend avtosalonida dilerlik korxonalari vakillariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan yangi modeldagi avtomobillarni tanishtirdi.

Foto: “Nurafshon Avtocentr”

Mazkur tadbir dilerlarga yangi modellar bilan tanishish, ularning barcha jihatlariga baho berish hamda o‘z takliflarini bildirish imkonini berdi.

Tadbir doirasida dilerlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning yangi avtomobillar bo‘yicha takliflari o‘rganildi. Kompaniya va dilerlar o‘rtasidagi hamkorlikka doir boshqa bir qator masalalar ham muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda taqdimotdan olingan videolar tarqalmoqda.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi chog‘ida davlat rahbariga Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse krossoverlari hamda Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasi tanishtirilgandi.