Rossiya kosmik qurilmalari haqidagi ma’lumotlar internetda paydo bo‘ldi. Ularning yaratilishi va uchirilishi haqida oldin hech qanday ma’lumot e’lon qilinmagandi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.
Qurilmalarni tayyorlagan kompaniyada bu ma’lumotlarni oshkor etish noqonuniy ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Internetda sun’iy yo‘ldoshlarning nomi, ularni tayyorlagan korxonalar, uchish muddatlari va qurilmalar miqdori haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
“Saturn” kompaniyasi bosh muhandisi Sergey Lixonosov so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar Krasnodar shahrida o‘tkazilgan konferensiyada e’lon qilingan. Biroq ularni internetga joylashtirish huquqi hech kimga berilmagan.
Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, maxfiy ma’lumotlarni internetda e’lon qilgan shaxsga nisbatan chora ko‘riladi.
Izoh (0)