Bugun, 16-may kuni aloqa sohasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqachi Komiljon Rahimov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Komiljon Rahimov 1985 — 1995-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vaziri lavozimida, 1995 —1998-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.

Komiljon Rahimovning xizmatlari alohida e’tirof etilib, O‘zbekistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

Marhumning janoza namozi bugun soat 17:00 da Urganch shahridagi uyida bo‘ladi.