Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Zakon.kz”.

Foto: “Vesti.Nauka”

Zilzila Olmaota seysmostansiya tomonidan 15-may kuni mahalliy vaqt bilan 04:29 da, Olmaotadan 44 kilometr janubdagi tog‘li hududda qayd etilgan.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilmagan.