AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroq hududida jangovar shaylik darajasini oshirdi. Bunga mintaqadagi Eron harbiylarining Amerika qo‘shinlariga nisbatan tug‘dirayotgan xavfi sabab bo‘ldi, deb yozadi Reuters.

Foto: Getty Images

“Ayni vaqtda AQSh missiyasi yuqori darajadagi shay holatda, shu sababli biz Iroqdagi Amerika kuchlariga ehtimoliy va muqarrar tahdidlarni sinchkovlik bilan kuzatmoqdamiz”, — deydi AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi vakili Bill Urban.

Joriy yilning fevral oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika qo‘shinlari Eronni kuzatish uchun Iroqda qolishini ma’lum qilgandi.