15—19-may kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida o‘tkaziladigan taekvondo bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilarning jang kunlari taqvimi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Twitter

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 12 nafar taekvondochi bilan ishtirok etadi.

Quyida o‘zbekistonlik sportchilarning jang kunlari taqvimi berilgan:

  • 15-may: Suhrob Bobobekov (-58 kg)
  • 16-may: Valentin Xegay (-54 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg)
  • 17-may: Madinabonu Mannopova (-49 kg), Zariya Qosimova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg)
  • 18-may: Charos Qayumova (-53 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Shuhrat Salayev (-80 kg)
  • 19-may: Feruza Sodiqova (-62 kg), Maksim Rafalovich (-87 kg) va Dmitriy Shokin (+87 kg)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!