Qonunchilikka muvofiq shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotganlar va fuqarolarning boshqa toifalariga sotiladi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.
Arzon uy-joylarga fuqarolarni biriktirish quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:
— o‘z uy-joyining yo‘qligi va ijara (arenda), bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashash;— bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;— ko‘p bolali oila;— ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;— ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;— oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;— turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;— tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.
Izoh (0)