Instagram’dagi akkauntlardan birida yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning zanjirlangan ayiq bilan yangi “olishuvi” tasvirlangan video e’lon qilindi.

Foto: Instagram

Ushbu video 130 mingdan ziyod ko‘rildi. Nurmagomedov esa zanjirband hayvonga nisbatan shavqatsizlikda ayblangan. Sportchi tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tanqid ostiga olingan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!