28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 31-turida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Myunxenning “Bavariya” jamoasi mehmonda “Nyurberg” bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 48-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Mateus Pereyra Sven Ulrayx qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib myunxenliklar yarim himoyachisi Serj Gnabri hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa “Bavariya” mehmonda “Nyurnberg” bilan durang o‘ynadi va bir ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur o‘yindan so‘ng Myunxen klubi 71 ochko to‘plab, musobaqa jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi. Undan bir pog‘ona ortda borayotgan “Borussiya Dortmund”da esa 69 ochko mavjud.
31-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Bundesliga
31-tur bahslari
28-aprel, yakshanba
“Hoffenhaym”—“Volfsburg” 1:4
Gollar: 1:0 — 9 Salai, 1:1 — 42 Villiam, 1:2 — 69 Vegorst, 1:3 — 85 Arnold, 1:4 — 88 Vegorst“Nyurnberg”—“Bavariya” 1:1
Gollar: 1:0 — 48 Mateus Pereyra, 1:1 — 75 Gnabri“Nyurnberg”: Mateniya, Bauer (Ilichevich, 88), Myul, Everton, Lyaybold, Mateus Pereyra, Berens, Erras, Kerk, Leven (Margraytter, 82), Isxak (Tillmann, 72)
“Bavariya”: Ulrayx, Kimmix, Zyule, Hummels, Alaba, Alkantara, Martines (Hames, 57; Devis, 72), Myuller (Gnabri, 46), Goretska, Koman, Levandovski
Ogohlantirishlar: Everton (68), Devis (90), Zyule (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)